Soroush Niksir
ISHIDning kelajagi; Islom olamining ifrotchilikka qarshi munosabati
ISHID xavorijlarining paydo bo‘lishi va qulashi butun Islom olami uchun bir ogohlantirish bo‘ldi. Bu guruh nafaqat minglab begunoh insonlarning jonini oldi balki Islomdan buzilgan va zo‘ravonlikka to‘la bir tasvirni namoyish etdi uning asoratlari hanuz ham qolmoqda. Aynan shu tasvirlar ba’zilarning Islomni ifrot, qirg‘in va talonchilik bilan tanishiga sabab bo‘ldi. Ammo voqea shu yerda yakun topmaydi.
Asosiy savol shuki, Islom olami qanday qilib bunday falokatning qaytalanishidan saqlanishi mumkin? Bu savolga javob ifrotchilik ildizlariga chuqur nazar tashlash va uni davolash uchun amaliy qadamlarga ehtiyoj sezadi.
Birinchi qadam ta’lim tizimini qayta qurishdir. ISHIDga qo‘shilgan ko‘plab yoshlar haqiqiy Islomdan juda oz xabardor edilar. Maktab va universitetlar quruq va qolipdagi ta’lim o‘rniga, dinning asl poydevorlarini mehribonlik, adolat va aql-idrokni o‘quvchilarga o‘rgatishlari kerak.
Malayziya va Indoneziyada yangi o‘quv dasturlari ishlab chiqilgan bo‘lib ular mazhablararo muloqot va tafovutlarni qabul qilishga e’tibor qaratadi. Bu dasturlar yosh avlodni ifrotiy mafkuralardan asrab qolishi mumkinligini ko‘rsatdi.
Ikkinchi qadam iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarni yaxshilashdir. Qashshoqlik va tengsizlik ifrotchilik o‘sishi uchun serhosil tuproqdir. Yoshlar kelajakka umidsiz bo‘lganda va oldida hech qanday istiqbol ko‘rmaganda, bu tuyg‘u ularni zo‘ravonlik va ifrotchi guruhlarga olib boradi. Islom mamlakatlari ish o‘rinlari yaratadigan va hayotga umidni oshiradigan taraqqiyot dasturlariga muhtojdir; xuddi Afg‘oniston Islomiy Amirati bu haqiqatni anglab yetib, ish ta’minoti uchun yirik milliy loyihalarni amalga oshirishga intilayotgani kabi.
OAV ham bu sohada muhim rol o‘ynaydi. ISHID ilgari o‘z targ‘iboti uchun virtual makondan foydalangan edi; bugun Islom olami bu makonni bunyodkor va ma’rifiy mazmun bilan to‘ldirishi, Islomning haqiqiy qiyofasini ko‘rsatadigan dasturlarni taqdim etishi kerak: ya’ni Islom tinchlik va bag‘rikenglik dini unda ifrotchilik, qirg‘in va talonchilikka o‘rin yo‘q. Shu yo‘l bilan Islom olami zo‘ravon va ifrotchi xabarlarga qarshi tura oladi. Bu esa Islomiy Amirat ham zaruratini anglab, yoshlarga va fikriy askarlar iga tayangan holda, o‘zining OAV faoliyatini kuchaytirishga intilayotgani masalasidir.
Yakunida, Islom olamining birligi zarurdir. Shi’a va sunniy, arab va g‘ayriarab o‘rtasidagi bo‘linish faqat ISHID kabi ifrotchi guruhlar va boshqa Islom dushmanlari uchun maydon ochib beradi. Barcha mazhablarning buyuk olimlari qo‘lni qo‘lga berib bir ovozdan ifrotchilikka qarshi turishlari lozim.
Islom olamining kelajagi bugungi tanlovlarimizga bog‘liqdir. Biz o‘tmishdan saboq olib, yoshlarimizni zo‘ravonlikka emas balki bilim va taraqqiyotga yetaklaydigan yangi yo‘lni ochishimiz mumkin. Islom hayot va umid dini, va bu haqiqiy xabarni butun dunyo eshitishi lozim toki ISHID hech qachon bu davrda qaytadan bosh ko‘tarmasin va Islomning haqiqiy, pok qiyofasini qotillik talonchilik va dahshatli vayronagarchilik bilan bulg‘ab Islomdan nafratlanishga yo‘l qo‘ymas.