Salmon Trin
Pokiston harbiy rejimining mintaqadagi siyosatining eng xavfli va ayni paytda eng yashirin jihatlaridan biri pushtunlar va balujlar o‘rtasida etnik bo‘linishni yuzaga keltirishga qaratilgan urinishidir. Bu siyosat tartibsizlik va buzg‘unchilik guruhlari ayniqsa sobiq arbakiylar orqali amalga oshiriladi. Tashqi tomondan u markaziy hukumatga qarshi kuchlarni jilovlash deb oqlansa-da aslida u tizimli zulm va kamsituvchi siyosatlarga qarshi qarshilikni zaiflashtirish rejasidir.
Pokiston harbiy rejimi yaxshi biladiki agar pushtunlar va balujlar markaziy hukumatning zulmkor siyosatlariga qarshi birlashsalar mamlakat barqarorligi jiddiy tahdid ostida qoladi. Shu sababli rejim bir necha o‘n yillardan buyon bo‘lib tashla va hukmronlik qil strategiyasini amalga oshirib kelmoqda. O‘ziga qaram guruhlardan foydalanib bu ikki yirik xalq o‘rtasida sun’iy nizolarni yuzaga keltirishga urinmoqda. Shu yo‘l bilan u chekka hududlarning asosiy muammolarini etnik mojarolar nomi ostida yashirish hamda tizimli zulm va kamsituvchi siyosati uchun javobgarlikdan qochishga harakat qilmoqda.
Pushtunlar va balujlar mintaqaning qadimiy va yirik xalqlari hisoblanadi. Tarix davomida ular nafaqat bir-biriga dushman bo‘lmagan balki ko‘plab tarixiy davrlarda tabiiy ittifoqchi sifatida yonma-yon yashaganlar. Qarindoshlik rishtalari qabilalararo nikohlar iqtisodiy aloqalar hamda umumiy til va madaniy qadriyatlar bu ikki xalq o‘rtasidagi munosabatlarni shu qadar mustahkamlaganki ular orasida adovat uyg‘otishga qaratilgan har qanday urinish mintaqaning tarixiy va ijtimoiy haqiqatlariga zid hisoblanadi.
Bugungi kunda pushtunlar va balujlarning noroziligi etnik nizolar natijasi emas balki Pokiston markaziy hukumatining kamsituvchi siyosatlari oqibatidir. Iqtisodiy huquqlardan mahrum etilish orqada qolgan hududlarda infratuzilma loyihalarining yo‘qligi siyosiy erkinliklarning cheklanishi mahalliy rahbarlar va ziyolilarning muhim qarorlardan chetlashtirilishi Balujistonning gaz va nefti hamda pushtun hududlarining suv va boshqa tabiiy boyliklaridan bir tomonlama foydalanilishi ushbu ikki xalqning Pokiston harbiy rejimiga nisbatan noroziligini kuchaytirgan asosiy omillardandir.
Bu norozilik zulmga qarshi tabiiy va qonuniy munosabatdir. U hech qachon etnik urush sifatida talqin qilinmagan va qilinmaydi. Faqatgina dushmanlar adovatni kuchaytirish orqali ushbu tarixiy haqiqatni buzib ko‘rsatishga urinishi mumkin. Pokiston harbiy rejimi bu maqsadda tartibsizlik va buzg‘unchilik guruhlari ayniqsa o‘z xalqiga qarshi jinoyatlar sodir etishda uzoq tarixga ega bo‘lgan sobiq arbakiylardan foydalanmoqda.
Bu siyosatning amalga oshirilish usuli shundan iboratki mazkur guruhlarga aloqador shaxslar balujlar yashaydigan hududlarda xavfsizlikni izdan chiqarish o‘g‘rilik odam o‘g‘irlash va boshqa buzg‘unchilik harakatlarini sodir etib Pokiston armiyasining aralashuvi uchun zamin yaratadilar. So‘ng armiya bu aralashuvni terrorizmga qarshi kurash va hududni tozalash sifatida xalq va xalqaro hamjamiyatga oqlashga urinadi. Holbuki terrorchi deb ko‘rsatilayotganlarning ko‘pchiligi aynan shu qo‘g‘irchoq guruhlarning a’zolari yoki nohaq ayblangan begunoh insonlardir.
Pushtunlar yashaydigan hududlarda ham ayni shu guruhlar harbiy postlar va davlat muassasalariga hujum qilib armiyaga pushtunlarga qarshi keng ko‘lamli harbiy amaliyotlarni boshlash uchun bahona yaratadi. Axborot va siyosiy maydonda esa Pokiston bu beqarorliklarni etnik mojaro sifatida targ‘ib qilib, go‘yoki pushtunlar va balujlar bir-biriga dushman markaziy hukumat esa ular o‘rtasidagi tinchlikning yagona kafolatchisi ekanini ko‘rsatishga harakat qiladi.
Bu siyosatning asosiy maqsadi jamoatchilik e’tiborini markaziy hukumatning tizimli zulmidan chalg‘itishdir. Agar Balujiston va pushtun hududlaridagi muammolar etnik mojaro sifatida talqin qilinsa unda hech kim markaziy hukumatdan nega aynan shu hududlar Pokistonning eng qashshoq mintaqalari ekanini nega ularning tabiiy boyliklari Panjob va Sind foydasiga qazib olinib sarflanayotganini hamda nega armiya taraqqiyot va obodonlashtirish o‘rniga faqat harbiy bostirishni ustuvor deb bilayotganini so‘ramaydi.
Ammo bu xavfli o‘yin nafaqat Pokiston muammolarini hal qilmaydi balki beqarorlikni butun mintaqaga yoyib Pokistonning o‘zini ham jiddiy sinovlarga duchor qiladi. Etnik mojarolar haqidagi tasavvurni targ‘ib qilish mintaqa xalqlarining tarixiy xotirasini inkor etadi. Chunki pushtunlar ham balujlar ham o‘zlarining asl dushmani kim ekanini yaxshi biladilar va bu qo‘g‘irchoq guruhlar tomonidan sodir etilayotgan zo‘ravonliklarni etnik adovat emas balki Pokiston siyosatining natijasi deb hisoblaydilar.
Shuningdek bu siyosat zo‘ravonlik zanjirini yanada kuchaytirib, turli guruhlarda kuch ishlatish muammolarni hal qilishning yagona yo‘li degan tasavvurni shakllantiradi. Bugun pushtunlar va balujlarga qarshi ishlatilayotgan guruhlar ertaga Pokistonning o‘zida ham ichki mojarolarni yanada kuchaytirishi mumkin.
Muallifning fikricha, pushtunlar va balujlar o‘rtasida etnik adovat mavjudligi haqidagi da’vo Pokiston harbiy rejimi tomonidan o‘zining tizimli zulmini oqlash uchun ilgari surilgan siyosiy va sun’iy da’vodir. Pushtunlar ham, balujlar ham bir xil kamsituvchi siyosatning qurbonlaridir. Ularning asosiy muammosi bir-biri bilan emas balki Pokiston markaziy hukumati va uning bostiruvchi siyosati bilan bog‘liqdir.
Afg‘oniston Islom Amirligi ushbu haqiqatni anglagan holda doimo xalqlar birligi va mintaqa aholisining hamjihatligini ta’kidlab kelmoqda hamda dushmanlarning fitnalari xalqlar o‘rtasidagi tarixiy va mustahkam aloqalarga zarar yetkazishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaydi. Xalqning ogohligi millatlar birdamligi va o‘zaro hamjihatligi bunday fitnalarni bartaraf etishning eng samarali va eng asosiy yo‘lidir.









